O‘zbekistonda 2022 yilda ayrim toifadagi o‘qituvchi va shifokorlarning maoshi kamida 15 foizga oshirilishi kutilmoqda.
Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Prezident farmonida ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, 2022 yilda iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqini malaka toifasiga qarab tabaqalashtirgan holda quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha oshirish rejalashtirilgan:
- oliy toifali o‘qituvchilar uchun – kamida 15 foizga;
- birinchi toifali o‘qituvchilar hamda oliy va birinchi toifadagi shifokorlar uchun – kamida 10 foizga;
- ikkinchi toifali o‘qituvchi va shifokorlar uchun – kamida 5 foizga.
Shuningdek, farmon muhokamasida Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 1 iyulga qadar xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda o‘qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibining tubdan qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlash hamda malakani baholash uslubiyoti asosida adolatli va shaffof tizimini joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”