Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlaridagi dam olish maskanlariga tashrif buyuruvchilar soni keskin ortdi.
YHXBB xabar berishicha, dam olish maskanlari atrofidagi avtoturargohlar transportlar bilan to‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Amirsoy, Chorvoq, Chimyonga boradigan yo‘lda uzun tirbandliklar yuzaga kelgani aks etgan videolar tarqaldi. Videolarda dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘l yopilib, bir necha kilometrlik tirbandliklar yuzaga kelgani aytilgan va haydovchilarga u yerga bormaslik maslahat berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Yangi yil bayrami munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga ko‘plab fuqarolar tashrif buyurishi kutilayotgani sababli avtomobil yo‘llarida tirbandliklarning oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2022 yil 5 yanvarga qadar Bo‘stonliq tumanining dam olish zonalaridan o‘tgan avtomobil yo‘llarida harakatlanish uchun ayrim cheklovlar kiritilgandi.
Xususan, avtotransport vositalarining oqimini hisobga olgan holda 4R6 Toshkent–Chimyon avtomobil yo‘lining 57–92 kilometrlari va 4R10 Chorvoq suv ombori halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 0–12 kilometrlari oralig‘ida bir tomonlama harakatlanish joriy qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi