17:26 / 03.01.2022
3 158

O‘zbekistonning ikki shahri kelajakda «millioner»ga aylanadi

O‘zbekistonning ikki shahri kelajakda «millioner»ga aylanadi
Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda «millionlik shaharlar»ga aylantirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» loyihasida belgilangan.

Xususan, Samarqand va Namangan shaharlarini «millionlik shaharlar»ga aylantirish bo‘yicha respublika ishchi guruhlari tashkil etiladi.

Samarqand va Namangan shaharlarining chegaralarini o‘zgartirish masalasi xalq deputatlari mahalliy kengashlarida ko‘rib chiqiladi.

Samarqand va Namangan shaharlari chegaralarini o‘zgartirish bo‘yicha Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qarorlari ishlab chiqiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning ikki shahri kelajakda «millioner»ga aylanadi