Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Samarqand viloyatida ishga joylab qo‘yish uchun fuqarolardan pul talab qilgan mansabdorlar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari 7 yanvar kuni tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo‘limining 30 yoshli xodimi «Yangiobod» mahallasida yashovchi fuqaroni shifoxonada hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgani aniqlangan. U 700 dollar miqdoridagi pullarni olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, Payariq tumanidagi maktab direktori lavozimida ishlovchi J.Sh. «Boshqo‘rg‘on» mahallasida yashovchi fuqaroni maktabning psixologiya fani o‘qituvchisi sifatida ishga olishini aytgan, evaziga 400 dollar miqdorida pul talab qilgan. U avans sifatida 900 ming so‘m olgan. Qolgan 3 million 200 ming so‘mni olayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan qo‘lga tushgan.
Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar