Shavkat Mirziyoyev 10 dekabr kuni qurilish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va tabiiy gaz ta’minotiga oid loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida savdo va servisni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar bor. Shu bois avtomobil yo‘llarini kengaytirib, yo‘l bo‘yi xizmatlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘plab loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Toshkent—Chinoz avtomobil yo‘lini ta’mirlash loyihasi ulardan biri hisoblanadi. Bu yo‘l juda serqatnov bo‘lib, bir kecha-kunduzda 60—65 ming avtotransport harakatlanadi. Shu bois uning 10 kilometr qismini ta’mirlash, 5 ta yerosti o‘tish yo‘lagi va qo‘shimcha mahalliy yo‘llar qurish mo‘ljallangan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Poytaxtdagi Temur Malik ko‘chasini 6 tasmali etib kengaytirish, uning ikki chetida ko‘p qavatli uy va xizmat ko‘rsatish binolari qurish rejalashtirilgan. Jizzax shahridagi O‘zbekiston ko‘chasida 210 metrli yo‘l o‘tkazgich barpo etish bo‘yicha ham loyihalar ko‘zda tutilgan.
Davlat rahbari bu loyihalarni ma’qullab, ularning hujjatlarini ishlab chiqish, sifatli qilib qurish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Taqdimotda tabiiy gaz yetkazib berish tizimida xususiy sheriklikni joriy etishga doir takliflar ham ko‘rib chiqilgan. Tizimni modernizatsiya qilish dolzarb bo‘lib, O‘zbekistondagi gaz quvurlarining yarmidan ko‘pi — 45 ming kilometri o‘ttiz yildan ortiq ishlatilmoqda. Oqibatda yo‘qotishlar miqdori 20 foizdan oshib ketgan.
Xususan, bugungi kunda Jizzax shahar gaz ta’minoti tizimida 767 kilometr quvur, 6 ta gaz taqsimlash stansiyasi, 1 ming 600 dan ziyod gaz taqsimlash punkti bor. Ushbu tizimni xalqaro standartlar asosida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilish orqali modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Texnik ustuvor yechimlardan foydalanib amalga oshiriladigan loyiha doirasida eski gaz quvurlari olib tashlanib, 1 ming 500 kilometrdan ziyod yangi quvurlar tortilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, gaz taqsimlash stansiyalari soni 6 tadan 2 tagacha qisqartirilib, 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tiladi. Natijada hozirgi holatdagi 115 million kub metr yo‘qotishlar bartaraf etiladi.
Prezident bu loyihaning samaradorligiga alohida ahamiyat qaratib, uni tezlashtirish zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, bunday tizimni bir paytning o‘zida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida, keyinchalik boshqa hududlarda ham amalga oshirish vazifasi qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar