09:25 / 11.01.2022
1 117

Ayrim hududlarda odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi

Ayrim hududlarda odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi
Foto: iStock
Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.

Adliya vazirligi 2022 yil 1 iyulgacha Samarqanddagi, 2022 yil 1 dekabrgacha Farg‘onadagi, 2024 yil 1 sentyabrgacha ekspertiza bo‘limlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi.

Shuningdek, vazirlik 2022 yil 1 noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza bo‘limini zarur texnikalar bilan ta’minlaydi.

2023 yil 1 yanvargacha sud ekspertiza xulosalari xalqaro tan olinishini ta’minlash uchun sud-fonografiya va hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayrim hududlarda odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi