
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi bozorda o‘g‘rilik sodir etgan ayollar ushlandi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 9 yanvar soat 12:30 larda to‘rt nafar noma’lum ayol Chilonzor buyum savdo kompleksidagi do‘konlarning biriga xaridor sifatida kelib, sotuvchi chalg‘iganidan foydalangan holda 280 ming so‘mlik buyumlarni yashirin ravishda olib ketgan.
Ko‘rilgan tezkor tadbirlar natijasida ayollar aniqlanib, ular tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan.
Hozirda ushbu ayollar Yu.Z., X.D., M.X., A.S.ga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar