Jizzax viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan soxta diplom yasab sotuvchilar qo‘lga olindi, deb xabar beradi IIV axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, viloyatning Paxtakor tumani «Oqbuloq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro xaridordan 400 dollar miqdorida pul olib, va’da qilingan diplomni berayotgan paytda daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Tezkor tadbir davomida sotuvchi diplomni o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Paxtakor tumanidagi o‘rta umumta’lim maktabi direktoridan 300 dollarga, u esa o‘z navbatida shu hududdagi kasb-hunar maktabi direktori o‘rinbosari vazifasida ishlovchi shaxsdan 200 dollarga sotib olgani ma’lum bo‘lgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida Jizzax shahrining «Zargarlik» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro qalbaki diplom va ilovalarni tayyorlab, unga muhr va imzolar bilan ishlov berganligi aniqlangan. Ushbu shaxsning yashash manzilidan kompyuter va qog‘oz chiqarish qurilmasi hujjatlashtirib olingan. To‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi