16:55 / 12.01.2022
1 676

Maktablarda III chorakdan dars taqsimotida o‘zgarish bo‘ladi

Maktablarda III chorakdan dars taqsimotida o‘zgarish bo‘ladi
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab sport zali mavjud bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida qishki davr (dekabr, yanvar, fevral oylari)da o‘tiladigan «Jismoniy tarbiya» fani darslari o‘quv soatlarini 10 hafta davomida 5-10-sinflarda haftasiga 2 soatdan 1 soatgacha kamaytirilgan edi.

11 yanvar kuni mazkur tartibni bekor qilish hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishi jarayonlarini takomillashtirish to‘g‘risida Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i imzolandi.

Unga ko‘ra o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida umumta’lim maktablarida qishki davrda ham «Jismoniy tarbiya» fani barcha sinflarda haftada 2 soatdan o‘qitilishi belgilandi.

2021-2022 o‘quv yilining 3-choragidan boshlab sport zali mavjud bo‘lmagan umumta’lim muassasalarida ham «Jismoniy tarbiya» fani barcha sinflarda haftada 2 (ikki) soatdan o‘qitiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktablarda III chorakdan dars taqsimotida o‘zgarish bo‘ladi