
7 yanvar kuni Toshkentda ichki ishlar xodimlari yo‘l qoidalarini qo‘pol buzgan “Malibu”ni to‘xtatish uchun qurol qo‘llashiga to‘g‘ri kelgandi. Haydovchi A.A. UzReport TV'ga bergan intervyusida voqeadan oldin 4 kun Bildirsoyda dam olib, aroq va pivo ichib, “o‘chib qolgani”ni aytdi.
Ma’lum bo‘lishicha, muqaddam bu haydovchiga nisbatan aynan transport boshqaruvi bo‘yicha ikki marta jinoyat ishi ochilgan. U 2021 yilning o‘zida yo‘l qoidalarini buzgani uchun kamida 7 marta jarimaga tortilgan.
A.A.ga nisbatan o‘sha kunning o‘zida Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi ochilgan. Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) asosida ochilgan ish bo‘yicha tergov ketmoqda.
Unga 50 BHM (13,5 mln so‘m)dan 3 yillik qamoqqacha bo‘lgan jazolar tayinlanishi mumkin.
ToshkentIchki IshlarYo‘l QoidalariJinoyat IshlariHaydovchi A.AQurol Qo‘llash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar