Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yaqiniga olib kelingan harbiy texnikalardan biri yonib ketgani aks etgan videolar tarqaldi.
Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi mazkur holatga izoh berdi va yong‘in sababini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 13 yanvar kuni soat 22:20 larda «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi maydoniga 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy texnikalar ko‘rgazmasiga olib chiqilgan Milliy gvardiyaning yengil zirhli texnikasining salon qismida qisqa tutashuv natijasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in qisqa vaqtda to‘liq bartaraf etilgan. Sodir bo‘lgan hodisa natijasida fuqarolarga jabr yetkazilmagan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi