11:43 / 17.01.2022
1 167

Andijonda ikki kishi Nexia ichida yonib ketdi

Andijonda ikki kishi Nexia ichida yonib ketdi
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi
Andijon viloyati Baliqchi tumanida Nexia yonib ketishi oqibatida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, YTH Kuyganyor—Eski Xaqqulobod avtomobil yo‘lining 23-kilometrida sodir bo‘lgan. «Gulshan» mahallasida yashovchi A.N. (1994 yilda tug‘ilgan) Nexia avtomobilini boshqarib borayotganda yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan S.A. (2009 yilda tug‘ilgan) va S.M. (2012 yilda tug‘ilgan)ni ko‘rib qolgan.

Haydovchi ularni urib yubormaslik uchun rulni o‘ng tomonga burib, yo‘l chetidagi yong‘oq daraxtiga borib urilgan. Oqibatda avtomashinaning old dvigatel qismidan yong‘in chiqib, transport vositasi yonib ketgan.

Haydovchi avtomashinadan chiqishga ulgurgan. U chap yelka qismining yopiq sinishi tan jarohati bilan tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Nexia ichidagi haydovchining sinfdoshlari Q.U. va M.X. mashina ichida chiqolmay, yonib ketgan. Oqibatda ikkala fuqaro voqea joyida vafot etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda ikki kishi Nexia ichida yonib ketdi