13:45 / 17.01.2022
975

O‘zbekistonda yangi antirekord — bir sutkada 1037 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yangi antirekord — bir sutkada 1037 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 16 yanvar kuni 1037 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 206 122 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining
39 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
25 nafari Andijon viloyatida,
30 nafari Buxoro viloyatida,
40 nafari Jizzax viloyatida,
8 nafari Navoiy viloyatida,
32 nafari Namangan viloyatida,
55 nafari Samarqand viloyatida,
22 nafari Sirdaryo viloyatida,
15 nafari Surxondaryo viloyatida,
29 nafari Farg‘ona viloyatida,
35 nafari Xorazm viloyatida,
172 nafari Toshkent viloyatida,
535 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu kun davomida 448 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23 nafar, Buxoro viloyatida 18 nafar, Jizzax viloyatida 53 nafar, Qashqadaryo viloyatida 15 nafar, Navoiy viloyatida 6 nafar, Namangan viloyatida 30 nafar, Samarqand viloyatida 32 nafar, Sirdaryo viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 14 nafar, Farg‘ona viloyatida 24 nafar, Xorazm viloyatida 27 nafar, Toshkent viloyatida 59 nafar, Toshkent shahrida 140 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 199 193 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1518 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning omikron shtammi aniqlangandi. Shundan buyon koronavirusga chalinganlar soni orta boshladi. 8 yanvar kuni 369 kishida, 9 yanvarda 389 kishida, 10 yanvarda 425 kishida, 11 yanvarda 604 kishida, 12 yanvarda 714 kishida, 13 yanvar kuni 824 kishida, 14 yanvarda 876 kishida, 15 yanvarda esa 912 kishida kasallik tasdiqlandi.

Shu sababli Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15 yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etildi. Jumladan, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi, emlanmagan xodimlar ishga qo‘yilmaydi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qarshi majburiy test topshirish joriy etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yangi antirekord — bir sutkada 1037 kishida koronavirus aniqlandi