16:56 / 17.01.2022
1 182

UzAuto Motors aksiyalari birja orqali sotiladi

UzAuto Motors aksiyalari birja orqali sotiladi
«Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 apreldan 2024 yil 31 dekabrgacha:
  • O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi;
  • norezident yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha dividendlari uchun foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;
  • rezident va norezident jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha daromadlari daromad solig‘i va foyda solig‘idan ozod qilinadi.

Qarorga muvofiq, bir qator aksiyadorlik jamiyatlari birja orqali sotiladi. Xususan, ular orasida UzAuto Motors (100 foiz davlat ulushi), «O‘ztemir yo‘lkonteyner» hamda «O‘zbekiston pochtasi»ni ko‘rish mumkin.

Foto: Telegram / «Huquqiy axborot»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » UzAuto Motors aksiyalari birja orqali sotiladi