Qoraqalpog‘istonda qirg‘ovullarni ovlash taqiqlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining tavsiyasiga asosan Vazirlar Kengashining 13 yanvardagi «Respublikada qirg‘ovullarni muhofaza qilish va sonini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, 2022—2023 yillarda qirg‘ovullarni ovlash taqiqlangan.
Mazkur qaror bilan qo‘mitaga Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda qirg‘ovullarning noqonuniy ovlanishining oldini olish bo‘yicha ishlarni faollashtirish, qirg‘ovullarning noqonuniy ovlanishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan amaldagi qoidalarga muvofiq va belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish topshirilgan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi bosh mutaxassisi Alisher Yakubovning ta’kidlashicha, qirg‘ovullarni ovlash taqiqlanmagan. Masalan, o‘tgan yili ajratilgan kvota doirasida Qoraqalpog‘iston ovchilariga 1800 bosh qirg‘ovulni ovlashga ruxsatnoma berilgan.
Lekin qirg‘ovullarning bosh sonini ko‘paytirish zarurligi mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgani bois ikki yillik taqiq o‘rnatilgan. Ikki yillik taqiq qirg‘ovullar sonining ko‘payishiga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, qirg‘ovullarni ovlash O‘zbekistonda ham 2019—2020 yillarda man etilgandi. Qirg‘ovullarni noqonuniy ovlashga yo‘l qo‘ygan shaxslarga amaldagi qonunlar asosida va belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi, qarorda ko‘rsatilgan vazifalar to‘liq bajarilsa, respublikadagi qirg‘ovullarning soni 3—4 barobar ko‘payishi aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi