2022 yil 15 yanvar kuni soat 20:00 larda, muqaddam bir necha marotaba sudlangan 31 yoshli D.F. Toshkent viloyati, Ohangaron tumani Eyvalek MFY 6-uy oldida janjal ko‘taradi.
U jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan shu uyda yashovchi o‘ziga notanish 34 yoshli N.I. bilan janjallashib, uning sochidan tortgan vaqtda, ayolning bezorilik harakatlarini ko‘rib, unga chek qo‘ymoqchi bo‘lgan yana 3 nafar qo‘shnilariga ham faol qarshilik ko‘rsatib, N.I.ning chap qulog‘ini tishlab, unga tan jarohati yetkazadi.
Sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasida N.I.da yengil turdagi tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksida 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi ko‘rsatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi