Foto: Prezident matbuot xizmati
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi Qonun (O‘RQ–746-son, 18.01.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga oid ma’lumot iste’molchiga davlat tilida beriladi.
Tovarda (ishda, xizmatda) nuqsonlar borligi va uning normativ talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda, sotuvchi mazkur nuqsonlarni aniqlash uchun tekshirish o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplashi kerak.
Qonun bilan tovarlarni axborot tizimlari orqali realizatsiya qilishda iste’molchi huquqlarini himoya qilish tartibi belgilandi.
Unga ko‘ra, axborot tizimlari orqali tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi iste’molchiga tovarni qaytarib berish joyi to‘g‘risida xabar berishi kerak.
Iste’molchining aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek tovarni ko‘zdan kechirish va uni tekshirib ko‘rish maqsadida qadog‘ini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi iste’molchini shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi (yuqoridagi tartiblar 3 oydan so‘ng kuchga kiradi).
Tovarlar uchun haq to‘lash shakliga qarab (naqd pulli yoki naqd pulsiz) tovar narxini oshirish yoki pasaytirish taqiqlanadi, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun naqd pulsiz haq to‘langanda, iste’molchilarga rag‘batlantirishlar berilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi