Farg‘ona shahrida maktab o‘qituvchisi 1-sinfga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pora olayotgan vaqtda ushlangan. Bu haqda Farg‘ona viloyat sudlarining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona shahar 21-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi J. A. 2021 yil 9 avgust kuni D.D.ning ishonchiga kirib, uning nabirasi X.N. hamda tarbiyalanuvchisi M.S. va boshqalarni o‘zi ishlab kelayotgan maktabning 1-sinfiga direktor o‘rinbosari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da beradi.
Buning evaziga 800 AQSH dollari so‘raydi.Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda J.A. 800 AQSH dollarini Qirguli mavzesidagi “Iltifot” restorani binosi oldida olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, J.A. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida aybli deb topilib, 2 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Unga nisbatan qo‘llangan munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, sud zalidan qamoqqa olingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi