«Kapitalbank» ATB affillangan shaxslari ro‘yxatida o‘zgarish ro‘y berdi. Tegishli ma’lumot bank tomonidan Korporativ axborotlar yagona portaliga joylashtirilgan.
2021 yil noyabr oyi boshida «Kapitalbank» aksiyalarining 50 foiziga egalik qilishni boshlagan jismoniy shaxs — Oybek Tursunov bankning affillangan shaxslari ro‘yxatidan 20 yanvar kuni chiqarilgan. Me’yoriy hujjatlarga ko‘ra xulosa qilish mumkinki, O.Tursunovning bevosita va bilvosita «Kapitalbank» aksiyalaridagi ulushi 20 foizdan kamroqni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga tegishli «Telekominvest» kompaniyasi tomonidan bank aksiyalarining bir qismi sotib olingandan so‘ng, 2022 yil 11 yanvar holatiga ko‘ra, O.Tursunov «Kapitalbank»ning 41,6 foiz aksiyalariga egalik qilayotgan edi.
Qayd etilishicha, «Kapitalbank»ning umumiy ravishda 2022 yil boshidan 975,4 mlrd. so‘mlik aksiyalari bilan 9 ta bitim amalga oshirilgan. Bitimlar kimlar o‘rtasida bo‘lgani hozircha no’malum. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi