Navoiyda avtomobilni jarima maydoniga olib ketayotgan YPX xodimi ayovsiz do‘pposlangani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. YHXBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea 22 yanvar kuni soat 12:20 larda, Navoiy viloyati, Navbahor tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida yuz bergan. YPX xodimi Matiz haydovchisini to‘xtatgan. Tekshiruv davomida haydovchi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi va uning yonida kunlik yo‘l varaqasi mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketilayotgan vaqtda haydovchi A.T. (1993 yilda tug‘ilgan) YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan va tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan.
Holat sodir bo‘lgan joyga tuman IIB tezkor-tergov guruhi va prokuratura xodimlari chiqib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi