16:33 / 23.01.2022
1 154

Navoiyda YPX xodimini kaltaklagan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Navoiyda YPX xodimini kaltaklagan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Navoiyda Matiz haydovchisi avtomobilini jarima maydoniga olib ketayotgan YPX xodimini kaltaklagani haqida xabar berilgan edi. IIV matbuot xizmati ishbu haydovchi protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiliganini ma’lum qildi.

22 yanvar kuni soat 12:20 larda Navoiy viloyati, Navbahor tumani hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Matiz haydovchisini to‘xtatgan. Tekshiruv davomida haydovchi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi va uning yonida kunlik yo‘l varaqasi mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketilayotganida haydovchi A.T. (1993 yilda tug‘ilgan) YPX inspektorining xizmat olib borishiga to‘sqinlik qilib, uning qonuniy talablarini bajarmasdan, uni haqoratlab, xodimga nisbatan tajovuz qilgan.

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan haydovchi A.T.ga nisbatan Navbahor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 140-modda (haqorat qilish) 3-qismi «a» bandi hamda 219-modda (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda YPX xodimini kaltaklagan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi