Buxoro viloyatida o‘tkazilgan to‘ylarning birida mehmonlar uchun yozilgan dasturxon xlorlangan suvli idishdagi baliqlar bilan bezatilgan. Bu haqda Telegram’dagi «Ekologuz» kanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro viloyatida joylashgan «Havas» to‘yxonasida 21 yanvar kuni o‘tkazilgan nikoh to‘yida mehmonlar uchun yozilgan dasturxonlarda gazak uchun qo‘yilgan go‘sht mahsulotlari orasida ichimlik ichiladigan idishlarga ikki donadan tirik akvarium baliqlari solib qo‘yilgan.
«To‘yxonada 30 ta stol, unda har bir gazak idishiga ikki donadan baliq solingan bo‘lib, jami 180 dona baliqning uvoliga qoldik. Baliqchalar solingan idishlarga ichimlik suvi solingan edi. Tabiiyki, ichimlik suvi xlorlangan bo‘ladi. Baliqlar esa bu suvda yashay olmaydi va o‘ladi. Kecha ayrim stollardagi baliqchalar o‘lib bo‘lgan edi», — deyiladi xabarda.
«Ikki soatlik to‘y uchun 180 ta dekorativ baliqchalarni qiynab, o‘limiga sabab bo‘lish, to‘y egasining obro‘sini oshirib, yoshlarni baxtli qiladimi? Aksincha, endigina oila qurayotgan yoshlarni o‘lgan baliqlarning uvoli tutmaydimi?», — deya ta’kidlanadi xabarda.
Xabarda Buxoro shahar Ekologiya boshqarmasi, Ekopartiya viloyat bo‘limi, ichki ishlardan to‘y sohibi va to‘yxona egasini jarimaga tortib, jazo qo‘llash so‘ralgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas