
22, 25 va 28 yanvar kunlari Toshkent shahridan Saudiya Arabistonidagi Jidda shahriga o‘zbekistonlik ziyoratchilarni umra ibodatlarini ado etish uchun reyslar amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.
22 yanvar kuni 1-reys parvozi Saudiya Arabistoniga muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Umra safari uchun reyslar ko‘paytiriladi. Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov tomonidan «O‘zbekiston 24» telekanaliga berilgan intervyuda umra ziyorati uchun 2022 yil 1 fevraldan Saudiya Arabistoniga har kuni bittadan reys, 10 fevraldan esa har kuni 2 ta reys va Ramazon oyi davomida har kuni 3 tadan reys amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
Umra SafariToshkent ShahriSaudiya ArabistoniZiyoratchilar ReysiMuftiy NuriddinDin Ishlari Qo‘mitasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar