15:49 / 26.01.2022
1 347

Qashqadaryo viloyatining chekka hududlarida konteyner tibbiyot maskanlari ish boshladi

Qashqadaryo viloyatining chekka hududlarida konteyner tibbiyot maskanlari ish boshladi
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi chekka qishloqlarda konteynerda jihozlangan tibbiyot maskanlari tajriba sifatida ish boshlagan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Dehqonobod tumani hokimi Z.Aliqulov va prokuror L.Hamrayev tashabbusi bilan chekka qishloqlarda konteynerda jihozlangan tibbiyot maskanlari tashkil etilmoqda.

Ana shunday tibbiyot maskanlaridan biri tumanning “Usmon Yusupov” MFYga qarashli Beshqo‘ton qishlog‘ida o‘rnatilgan. Bu yerda aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash maqsadida Dehqonobod tajribasi sifatida konteynerdan qulay jihozlangan tibbiyot punkti tashkil etilgan.

Qayd etilishicha, Beshqo‘ton qishlog‘i eng yaqin oilaviy shifokorlik punktidan 6 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 876 ta xonadonda 3892 nafar aholi istiqomat qiladi.

Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Shavkat Amirovning so‘zlariga ko‘ra, bolalarni emlash va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun qishning sovuq kunlarida uzoq masofani bosib o‘tish aholiga noqulaylik tug‘dirgan. Shu sababli uzoq hududlarda konteynerda jihozlangan tibbiyot maskani tashkil etishga qaror qilingan.

Sh.Amirovning bildirishicha, Beshqo‘tondagi tibbiyot punktida 3 nafar patronaj hamshira faoliyat yuritmoqda. Haftaning har bir kunida u yerda malakali vrachlar tomonidan qabul tashkil etiladi.

Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, yaqin kunlar ichida Dehqonobod tumanining chekka hududlarida joylashgan o‘nta qishloqda shunday konteynerlar o‘rnatiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryo viloyatining chekka hududlarida konteyner tibbiyot maskanlari ish boshladi