Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektorda 25 yanvar kungi elektr energiya ta’minoti uzilishi bo‘yicha munosabat bildirdi. Davlat rahbari xalqimizga, mutasaddilarga va OAV vakillariga hamkorlik, fidoyilik uchun minnatdorlik bildirdi.
«Biz bugungi kunda global dunyoda yashamoqdamiz. Global olamda hamma narsa bir-biriga bog‘liq. Har bir odamning hayoti butun insoniyat hayoti bilan yanada ko‘proq bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Olis-yaqin hududlarda yuz berayotgan turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, texnogen ofatlar bizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
Mana, kuni kecha elektr ta’minoti bo‘yicha sodir bo‘lgan texnik uzilish bir zumda butun mintaqa hayotida kuchli aks-sado berganiga barchamiz guvoh bo‘ldik.
Bu avariyadan o‘sha zahotiyoq xabar topib, darhol Hukumat komissiyasini tuzishga topshiriq berdim. Komissiya, tarmoq va hudud rahbarlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib, avariya hamda uning iqtisodiyot va aholi hayotiga salbiy ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni, shaxsan nazoratimga oldim.
Bunday ekstremal vaziyatda, energetika, neft-gaz, kommunal soha, transport, hokimliklar, sog‘liqni saqlash, favqulodda vaziyatlar va huquq-tartibot idoralari, ommaviy axborot vositalari o‘zaro bahamjihat ishlagani hisobiga, avariya oqibatlari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.
Shu bilan birga, bunday holatda xalqimiz ham vaziyatni to‘g‘ri qabul qilib, sarosimaga tushmadi.
Fursatdan foydalanib, avvalo sabr-toqatli xalqimizga, shuningdek, ushbu vaziyatni bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatgan barcha soha va idoralar xodimlariga, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Bu hodisadan to‘g‘ri xulosa qilib, biz O‘zbekiston taraqqiyotini davrimizning global muammolari bilan yanada bog‘liq holda ko‘rishimiz kerak. Bu boradagi mavjud tahdid va muammolarni bartaraf etishga doimo tayyor turishimiz kerak.
Tinch-osoyishta hayot osmondan tushmaydi. Bu hayotni qadrlash, asrab-avaylash, bu hayotni himoya qilish kerak», dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas