818
«Bu – ijtimoiy barqarorlik kushandasi» — Prezident korrupsiyaga qarshi kurash haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektorda oldindagi vazifalarni bajarishda talab qattiq bo‘lishini ta’kidladi. Korrupsiyaga davlat tuzumini ichidan yemiradigan, ijtimoiy barqarorlik kushandasi deb baho berildi.
«Ko‘rib turganingizdek, Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini hayotga joriy etish uchun oldimizda juda katta vazifalar turibdi. Ularni amalga oshirish albatta oson bo‘lmaydi.
Lekin biz o‘tgan besh yil mobaynida bu borada katta tajriba to‘pladik, o‘z ish uslubimizni shakllantirdik. Endi talab yanada qattiq bo‘ladi. Bu faqat prezidentning talabi emas, bizga ishonch bildirgan xalqimizning talabi, hayot talabi.
Shuning uchun ham bir g‘ayratimizga o‘n g‘ayrat qo‘shib, haqiqiy fidoyilik namunasini ko‘rsatib ishlashimiz kerak», deydi davlat rahbari.
Yig‘ilishda korrupsiya va byurokratiyaning har qanday ko‘rinishlariga, odamlarni mensimaslik, mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi keskin kurash olib borish kerakligi qayd etildi.
«Har bir so‘zimiz, har bir xatti-harakatimiz jamiyatga, odamlar qalbiga qanday ta’sir ko‘rsatishiga har qachongidan ham ko‘proq e’tibor berishimiz zarur.
Davlat tuzumini ichidan yemiradigan, ijtimoiy barqarorlik kushandasi bo‘lgan korrupsiya balosiga qarshi, byurokratiyaning har qanday ko‘rinishlariga, odamlarni mensimaslik, mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi barchamiz keskin kurash olib borishimiz kerak.
Men ishonaman – ko‘pni ko‘rgan, mard va olijanob, mehnatkash va bag‘rikeng xalqimiz bilan birgalikda Yangi O‘zbekistonni – inson tinch, ozod va farovon yashaydigan, ezgu maqsadlarini emin-erkin amalga oshiradigan davlat va jamiyatni albatta barpo etamiz.
Buning uchun bizda barcha siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy asoslar, eng muhimi, kuchli xohish-iroda va qat’iy intilish bor», dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas