11:14 / 29.01.2022
1 495

Qozog‘iston elektr energiyasidagi uzilish Sirdaryo IES tufayli ro‘y berganini tasdiqladi

Qozog‘iston elektr energiyasidagi uzilish Sirdaryo IES tufayli ro‘y berganini tasdiqladi
Foto: Energetika vazirligi
Qozog‘istonda elektr tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha mas’ul operator KEGOC Qozog‘istonning janubiy viloyatlari, O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlari va butun Qirg‘izistonni qamrab olgan Markaziy Osiyo yagona elektr tizimidagi o‘chish sabablari to‘liq tafsilotlarini e’lon qildi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

Operator ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yanvar kuni Nur-Sulton vaqti bilan 11:59 (Toshkent vaqti bilan 10:59)da «O‘zbekistonda yuz bergan qisqa tutashuv tufayli Sirdaryo IESda 6 ta energoblokda o‘chish ro‘y bergan va buning oqibatida yo‘qotilgan quvvat jami 1500 megavattni tashkil qilgan».

«O‘zbekiston energetika tizimida yuzaga kelgan elektr quvvati defitsiti O‘zbekiston va Qirg‘iziston energiya tizimlari bilan parallel ishlashga ulangan Qozog‘iston energetika tizimidan sanksiyalanmagan quvvat olinishiga olib kelgan. Natijada 500 kVt kuchlanishli Shimol—Sharq—Qozog‘iston Janubi tranzitida quvvat kuchlanishi ro‘y bergan va undan keyin ortiqcha yuklanish sodir bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Energetika uskunalariga zarar yetishiga yo‘l qo‘ymaslik va mamlakatning janubiy viloyatlarini elektr quvvatidan to‘liq o‘chib qolishdan himoyalash maqsadida avtomatik tizim tranzitni uzadi va Olmaota, Jambil, Turkiston va Qizil o‘rda viloyatlarini alohida ishlashga ajratadi. KEGOC’da ta’kidlashlaricha, avariyaga qarshi avtomatik tizim ishga tushishi tufayli Qozog‘istonning barcha janubiy viloyatlaridagi elektr stansiyalari o‘z faoliyatini to‘xtatmagan va iste’molchilarni umumiy quvvati 1500 megavattga teng elektr va issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash ishlarini davom ettirgan.

«Bu bilan Qozog‘iston janubiy hududining to‘liq uzilishining oldi olindi. 500 kilovatt kuchlanishli Shimol—Sharq—Qozog‘iston Janubi tranziti bo‘yicha quvvat uzatish yo‘qligi tufayli majburiy cheklovlar, taxminan, 1800 megavattni tashkil etdi», — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, «O‘zbekiston va Qirg‘iziston energetika tizimlari elektr stansiyalari bilan to‘liq o‘chdi, iste’molchilar elektrdan uzib qo‘yilgan». KEGOC ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston energetika tizimida o‘chirilgan quvvat, taxminan, 9600 MVt (100 foiz iste’mol)ni, Qirg‘izistonda — 2600 MVtga yaqinni (100 foiz iste’molni) tashkil qilgan.

Qayta tiklanish doirasida Qozog‘iston energetika tizimi O‘zbekiston va Qirg‘iziston energetika tizimlariga ushbu mamlakatlar elektr stansiyalariga quvvatni uzatish orqali yordam ko‘rsatgan. Bu ularga qayta tiklanish tadbirlarini boshlashda yordam bergan, deya ta’kidlagan kompaniya.

«Shuni ta’kidlash joizki, yuz bergan avariya raqamli mayning bilan shug‘ullanuvchi iste’molchilar faoliyati bilan bog‘liq emas», — deya qayd etmoqda KEGOC. Shu bilan birga, elektr energiyasi defitsiti sharoitida Qozog‘istonda amaldagi qonunchilikka binoan mayning data-markazlariga rejali asosda elektr energiyasini yetkazib berish ishlari qisqartirilgan.

KEGOC ma’lumotnoma o‘rnida quyidagilarni keltirgan: «Qozog‘istonning yagona energetika tizimi tizimlararo elektr uzatish liniyalari orqali ulangan va yagona texnologik rejim bilan birlashtirilgan MDH mamlakatlari va boshqa mamlakatlarning energiya uyushmasida parallel ravishda ishlaydi. Har bir davlat uchun bu juda katta iqtisodiy foyda keltiradi. Parallel faoliyat qo‘shni davlatlarda ortiqcha elektr energiyasini sotish yoki sotib olish imkonini beradi va bu barcha tizimlarga iqtisodiy naf keltiradi».

«Chegaradosh energiya tizimlarining parallel ishlashi tarmoq infratuzilmasini, ishlab chiqarish zaxiralarini qurish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi, chunki parallel ishlaydigan energiya tizimlari ularning elektr energiyasini uzatish, zaxira ishlab chiqarish quvvatlarini qo‘shnilar hisobidan qisman qoplaydi», — deya ta’kidlaydi kompaniya.

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni KEGOC boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bakitxan Jazikbayev «Nastoyasheye vremya»ga bergan intervyusida O‘zbekistondagi Sirdaryo IESda avariya yuz bergani, buni oqibatida stansiyaning 4 ta enerogobloki ishdan chiqqanini aytgan edi. Bu Qozog‘iston energetika tizimidagi kuchlanishning oshishiga olib kelgan.

26 yanvar kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Abdumalik Nazirov Sirdaryo IESda nosozlik yuz berganini tasdiqlagandi: «1600 megavattlik katta quvvat yo‘qotildi (IESning umumiy quvvati 3200 MVt — tahr.). Avariyaga qarshi himoyaninghaqida gapirgan edi. U, shuningdek, mintaqa energiya halqasi qanday tarkib topgani va inqiroz yana takrorlanishi mumkin yoki yo‘qligi borasida o‘z fikrlarini bildirgan.

O‘zbekiston Energetika vazirligi 28 yanvar kuni bosh vazir raisligidagi hukumat komissiyasi yuz bergan hodisa sabablarini o‘rganishda davom etayotganini xabar qildi. «Komissiya ishi natijalariga ko‘ra, ma’lumotlar rasman e’lon qilinadi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘iston elektr energiyasidagi uzilish Sirdaryo IES tufayli ro‘y berganini tasdiqladi