Shavkat Mirziyoyev «2022—2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonni imzolagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Hujjatga ko‘ra, keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi, deb yozadi Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali.
Dasturga muvofiq, 2022 yilda davlat xizmatlarini rivojlantirish maqsadida:
- hujjatlarni berish va almashtirishda, o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- «Fuqarolarning raqamli pasporti» loyihasi orqali tug‘ilganlik to‘g‘risida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;
- keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi.
Shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlash doirasida:
- ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;
- qarori, harakati noqonuniy emasligini ma’muriy sudda isbotlash majburiyati, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o‘ziga yuklash tartibi joriy etiladi;
- harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona onlayn elektron reyestr yuritiladi.
Bundan tashqari, jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga «dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi»ni berish joriy qilinadi. Ushbu tizimda tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik bo‘yicha aniq loyihalari bor shaxslarga bir martalik moddiy yordam beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi