23:50 / 29.01.2022
1 556

Buxoroda Afg‘oniston fuqarosiga tegishli yirik miqdordagi giyohvand modda aniqlandi

Buxoroda Afg‘oniston fuqarosiga tegishli yirik miqdordagi giyohvand modda aniqlandi
Foto: IIV axborot xizmati
IIV axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 20 yanvar kuni Tojikiston IIVdan afg‘onistonlik fuqaro 60 kg opiy giyohvand moddasini 360 ming AQSH dollariga baholab, sotish maqsadida Buxoro viloyatida xaridor izlayotgani haqida ma’lumot olingan. Mazkur ma’lumotni tekshirish maqsadida zudlik bilan IIV JQBB xodimlaridan iborat tezkor guruh Buxoro viloyatiga yetib borgan.

Tezkor guruh tomonidan olib borilgan ishlar natijasida Abu ismli shaxs giyohvand modda namunasini Buxoro shahri Alpomish ko‘chasidagi mehmonxona oldida turgan tandirga joylashtirganini ma’lum qilgan. 21 yanvar kuni tezkor guruh tomonidan kelishilgan joydan 39 gramm opiy giyohvand moddasi hujjatlashtirib olingan. Kuzatuv joyida o‘zini shubhali tutgan shaxs ushlangan. Fuqaro giyohvand modda namunasini u joylashtirganligini, qolgan qismini yashash uyida ko‘mib qo‘yganligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng uning yashash uyi darvozaxonasiga ko‘mib qo‘yilgan 54 kg miqdordagi opiy giyohvand moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Dastlabki tezkor surishtiruv ishlari jarayonida giyohvand moddani gumonlanuvchiga oldindan tanish bo‘lgan Afg‘oniston fuqarosi 2022 yilning 14 yanvar kuni sotish uchun yuk mashinasida, 13 tonna kartoshka orasiga joylashtirib yuborganligi aniqlangan. U ushbu moddalarni saqlab turish evaziga buxorolik tanishiga har bir kilogramm uchun 500 AQSH dollari berishini hamda mahsulotni olib ketish uchun xaridor yuborishini bildirgan.

Ayni vaqtda holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda Afg‘oniston fuqarosiga tegishli yirik miqdordagi giyohvand modda aniqlandi