
Shavkat Mirziyoyev «Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Qayd etilishicha, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, jazo muddatini o‘tayotgan 63 nafar fuqaro afv etilgan.
Afv etilgan shaxslarning 44 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi. Shuningdek, 19 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi. Afv etilganlarning 2 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar tashkil etadi.
Shavkat MirziyoyevOzodlikdan MahrumJazo MuddatiniAfv EtishJinoyat SodirTugalish Yo‘li O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar