Foto: uz.usembassy.gov
2022 yilda O‘zbekiston AQSH bilan «Strategik hamkorlik muloqoti»ni izchil davom ettirish hamda AQSH Prezidenti ma’muriyati, Davlat departamenti va Kongress Palatalari vakillarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etishni reja qilmoqda. Bu haqda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida so‘z boradi.
Strategiyaning joriy yilda amalga oshiriladigan bandlariga doir farmonda O‘zbekistonning Shvetsiyada elchixonasini ochish jarayonini tezlashtirish, O‘zbekistonning Chexiyada diplomatik vakolatxonasini ochish masalasini ishlab chiqish, Yevropa mamlakatlaridagi bir qator diplomatik vakolatxonalarining moddiy-texnik bazasini, shuningdek, xodimlar salohiyatini qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish hisobidan mustahkamlash nazarda tutilgan.
Shuningdek, hujjatda:
- MDH davlatlari bilan, Afg‘oniston bilan ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirish;
- Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish;
- AQSH bilan «Strategik hamkorlik muloqoti» va «S5+1» formatlari doirasida muzokaralarni izchil davom ettirish;
- AQSH Prezidenti ma’muriyati, Davlat departamenti va Kongress Palatalari vakillarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish;
- AQSH Prezidenti ma’muriyati, Davlat departamenti va Kongress Palatalari vakillarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish; O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi (GCC) kotibiyati o‘rtasidagi o‘zaro maslahatlashuvlar bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolash;
- O‘zbekiston nomzodini BMTning nufuzli tuzilmalari a’zoligiga ilgari surish, o‘zbekistonlik taniqli siyosiy, iqtisodiy va akademik doira vakillari nomzodini BMTning nufuzli tuzilmalari a’zoligiga tavsiya qilish;
- BMT tuzilmalari doirasida intervyular tashkil qilish, O‘zbekiston haqidagi tegishli maqolalarni tayyorlab xorijiy ommaviy axborot vositalarida chop ettirish va boshqa ko‘plab chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Milliy manfaatlarni ilgari surish va himoya qilishda iqtisodiy diplomatiya samaradorligini oshirish va uni faollashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy diplomatiyasi Konsepsiyasi ko‘rib chiqiladi. Ma’lum qilinishicha, normativ-huquqiy hujjat shaklida taqdim qilinishi nazarda tutilgan Iqtisodiy diplomatiya Konsepsiyasi loyihasi joriy yilning iyun oyida e’lon qilinishi kerak. Loyihaga mas’ul sifatida Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi belgilangan.
Bundan tashqari, xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning raqamli infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda Iqtisodiy diplomatiya sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimlarini takomillashtirish reja qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi