Foto: Prezident matbuot xizmati
Shu yil 31 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Unda davlat rahbari tomonidan sektor rahbarlariga mahallabay ishlash bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalar berildi.
«Birinchi qaysi ko‘chaga borishimiz kerak? Qaysi xonadonga kirishimiz lozim mahallada? Qaysi ko‘cha bilan xonadon — ana shuni bilsak, eng zaif joyimizni bilgan bo‘lamiz. Biz inson omili bilan yashayapmiz, adolatli haqiqat bilan yashaganimiz yo‘q», – dedi Shavkat Mirziyoyev poytaxt hokimi va boshqa mutasaddilarga murojaat qilib.
«Hozir Toshkent xalqiga borib murojaat qilsak, baribir shubhalanadi. "Men kambag‘almanku, ko‘chamda tibbiyot yo‘qku, ta’lim yo‘qku, ikki smenaku" deydi. Odamlar ishonmaydi. Endi tuman emas, mahallabay chiqib, mahalla ahlini yig‘ib, shu tumanning sektori aytishi kerak: "navbat bilan eng yomon joydan yaxshisiga qarab kelamiz. Mana bu mahalladagi ko‘chada bu-bu xonadonlarning ahvoli yomon, avval shundan boshlaymiz, keyin sizga kelamiz" degan gapni qilish kerak», — deb ko‘rsatma berdi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi