09:53 / 03.02.2022
1 037

Toshkentda yo‘lning o‘rtasida osh yegan 17 yoshli bolaning onasi javobgarlikka tortildi

Toshkentda yo‘lning o‘rtasida osh yegan 17 yoshli bolaning onasi javobgarlikka tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lning qatnov qismini ajratib turuvchi bordyur ustida yosh yigitning ovqatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, 31 yanvar kuni soat 10:00 atrofida voyaga yetmagan S.O. (2004 yilda tug‘ilgan) Toshkent shahri Shayxontohur tumani «Xadra» mahallasi hududidagi yo‘lning qatnov qismidagi bordyur ustida ovqatlangani videotasvirga olingan. S.O. ushbu xatti-harakatlari bilan o‘zini va atrofdagi shaxslarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan.

Holat yuzasidan voyaga yetmagan bola bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Uning onasiga esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik)ga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yo‘lning o‘rtasida osh yegan 17 yoshli bolaning onasi javobgarlikka tortildi