15:30 / 05.02.2022
807

Immunolog tibbiy niqoblarning koronavirusga qarshi samaradorligini baholadi

Immunolog tibbiy niqoblarning koronavirusga qarshi samaradorligini baholadi
Foto: RIA «Novosti»
Tibbiy niqoblar grippga chalinishni 3 baravarga, koronavirus yuqtirish xavfini 2-2,5 baravarga kamaytiradi. Ushbu fikrlarni rossiyalik immunolog Nikolay Kryuchkov aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, niqob har uch soatda almashtirilib turilishi kerak. «Omikron» shtammining tarqalishda tibbiy niqoblarning samaradorligi pasaygan. Chunki virus havodagi chang orqali orqali ham yuqishi mumkin. Koronavirusning mayda zarralari niqob matosidan o‘tishi mumkin. Bu asosan yo‘tal va aksirish orqali sodir bo‘ladi.

«Respiratorlar bu borada yanada samarali bo‘lishi mumkin lekin ularning aksariyati nafas chiqarishda havoni filtrlamaydi. U yaxshi himoya qiladi, infeksiya bilan zararlangan odam boshqalarga yuqtirishi mumkin», deydi mutaxassis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p qatlamli mato niqoblar kasallik bilan zararlanish bo‘lish xavfini kamaytiradi. Faqat bunda to‘g‘ri foydalanishga e’tibor qaratish zarur.

«Shuningdek, boshqa sanitariya qoidalariga rioya qilish — ijtimoiy masofani saqlang, odam ko‘p bo‘ladigan vaqtlarda jamoat transportidan foydalanmang va koronavirusga qarshi emlaning», deydi Kryuchkov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Immunolog tibbiy niqoblarning koronavirusga qarshi samaradorligini baholadi