22:44 / 05.02.2022
1 202

Toshkentda ayol rashk sabab erini pichoqlab qo‘ydi

Toshkentda ayol rashk sabab erini pichoqlab qo‘ydi
Toshkent shahri Yangihayot tumanida ayol norasmiy erini rashk qilib pichoqlab qo‘ydi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 2 fevral kuni soat 20:00 larda Yangihayot tumani «Fayzli» MFYda yashovchi 50 yoshli N.V. va uning birga yashovchi norasmiy xotini 36 yoshli V.Y. mast holatda bo‘la turib, o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida V.Y. xonadonda bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan N.V.ning ko‘krak qafasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda N.V. olgan tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilib, RSHTYOIM tomonidan berilgan birlamchi ma’lumotnomaga ko‘ra, N.V.da ko‘krak qafasida kesib sanchilgan jarohati, mastlik holati mavjudligi va hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot bo‘yicha tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan V.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Tergov davomida jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda, shu kuni gumonlanuvchining uyiga uning qo‘shnisi 42 yoshli S.O. mehmonga kelib, birgalashib spirtli ichimlik iste’mol qilgan vaqtida jabrlanuvchi qo‘shni ayolni quchoqlaganidan V.Y. rashki kelib, janjallashgan. Oqibatda yuqoridagi holat vujudga kelgani ma’lum bo‘lgan.

Bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ayol rashk sabab erini pichoqlab qo‘ydi