Aktrisa Zarina Nizomiddinova O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov bilan uchrashganida qanday hislarni boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi.
«Ular bilan tushgan suratim yo‘q, lekin o‘zimni judayam baxtli inson deb hisoblayman. 2006 yilda Navro‘z bayramida chiqish qilganmiz. O‘shanda xoreografiya bilim yurtida tahsil olardim. Har bayramning oxirida, finalda prezidentimiz chiqib xonandalar bilan ko‘rishardilar. O‘sha payt biz hammamiz chekkaga o‘tdik, chapak chalib turibmiz. Shu narsalarni bir oy repetitsiya qilganmiz. Rahmatli Islom bobo hamma bilan ko‘rishib bo‘lgach, kutilmaganda biz turgan joyga qarab kelyaptilar. Qarasam, bizning qatorimizdagi hamma raqqosalardan hol-ahvol so‘rab kelyaptilar.
Keyin mening oldimga kelib, ‘Charchamadingizmi?’ deb so‘radilar, qo‘llarini cho‘zib, so‘rashdilar. Shunaqa darajada salobatli odam ekanliklaridan tilimni yutvorib, gapirolmay qolganman. Faqat qarab turaverdim. Keyin esa ‘Mehnatlaringga rozi bo‘linglar’, deb ketdilar. Men yugurib borib, kiyim almashtiradigan xonada kiyimlarimni almashtirib, taksiga o‘tirganman. Taksida ham haydovchiga bo‘lgan voqeani hayajon bilan gapirib berganman. Uyga borib, hamma qarindoshlarga qo‘ng‘iroq qilib, prezident bilan uchrashganimni so‘zlab berganman», — deydi aktrisa. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi