14:36 / 07.02.2022
1 279

Ikkilamchi bozorda uy-joy narxlari oshishi tezlashdi, hududlarda narxlar qanday?

Ikkilamchi bozorda uy-joy narxlari oshishi tezlashdi, hududlarda narxlar qanday?
Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil IV choragi yakunlari bo‘yicha birlamchi va ikkilamchi bozorda uy-joy narxlari indeksi borasidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Rasmiy statistika o‘tgan yilda birlamchi bozorga nisbatan ikkilamchi bozorda narxlar tez oshayotganini ko‘rsatmoqda.

Har ikkala bozorda bir xonali uylar eng xaridorgir bo‘lib qolmoqda – birlamchi bozorda narxlar 6,5 foizga oshgan bo‘lsa, ikkilamchi bozorda 10,4 foizgacha ko‘tarilgan.

Uy-joy narxlari keskin qimmatlagan hudud – Samarqand viloyati. Birlamchi bozorda uylar bahosi 18,2 foiz, ikkilamchi bozorda esa 14,6 foizga oshganini kuzatish mumkin.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ikkilamchi bozorda narxlar eng yuqori darajada oshgan hudud bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yil oxirida narxlar 17,6 foizga qimmatlagan.

Poytaxt Toshkent shahrida esa birlamchi bozorda uylar 2,1, ikkilamchi bozorda 5,6 foizgacha qimmatlagan. Ikkilamchi bozorda bir xonali uylar narxi keskin oshgan — 14,2 foiz. Ikki xonali uylar narxida esa pasayish kuzatilgan.

Narxlar nisbatan sekin o‘sgan hudud esa – Buxoro. Viloyatda uylar 0,3–1,2 foiz oralig‘ida qimmatlagan.

Jadval: Davlat statistika qo‘mitasi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikkilamchi bozorda uy-joy narxlari oshishi tezlashdi, hududlarda narxlar qanday?