22:58 / 07.02.2022
1 052

Energetika bozorida qanday qilib monopoliya bekor qilinadi?

Energetika bozorida qanday qilib monopoliya bekor qilinadi?
Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlari ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda erkinlashtiriladi.

Bu borada aprel oyiga qadar prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Elektr energiyasi ta’minotida monopoliya bekor qilinadi va sohaga bozor mexanizmlari joriy etiladi.

Birinchidan, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatidan yagona xarid qiluvchi funksiyasini bajaruvchi alohida aksiyadorlik jamiyati ajratib olingan holda tashkil etiladi.
Ikkinchidan, «Hududiy elektr tarmoqlari»ga xususiy operatorlar jalb qilinadi.
Uchinchidan, «O‘zbekgidroenergo» esa investitsiya loyihalariga xususiy investorlarni jalb qiladi.

Qayd etilishicha, elektr energiyasi va tabiiy gazning raqobatli bozorini tartibga soluvchi milliy dispetcherlik markazi tashkil etiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi 121 foizga oshgani haqida xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 2016 yilda mamlakatda 59,0 mlrd kilovatt/soat elektr energiya ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2021 yilda ushbu ko‘rsatkich 71,3 mlrd kilovatt/soatni tashkil etgan.

Shuningdek:
2017 yilda 60,7 mlrd kilovatt/soat;
2018 yilda 62,8 mlrd kilovatt/soat;
2019 yilda 63,6 mlrd kilovatt/soat;
2020 yilda 66,4 mlrd kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Energetika bozorida qanday qilib monopoliya bekor qilinadi?