
Foto: Prokuratura departamenti
Andijon shahridagi 41-maktab direktori 500 AQSH dollari va 2 mln so‘mni pora sifatida olayotganda qo‘lga tushgan.
U bir o‘qituvchini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari vazifasiga tayinlash uchun 300 AQSH dollari va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining dars soatini ko‘paytirib berish evaziga 200 AQSH dollari hamda 2 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini pora sifatida talab qilgan.
Hozirda maktab direktorlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi («Pora olish») 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon ShahriMaktab DirektoriPora OlishJinoyat IshiO‘zbekiston RespublikasiTergov Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar