23:25 / 08.02.2022
1 517

«Shuhrat Abdurahmonovning shaxsan o‘zi barcha ustozlardan uzr so‘rashi kerak» — Komil Allamjonov

«Shuhrat Abdurahmonovning shaxsan o‘zi barcha ustozlardan uzr so‘rashi kerak» — Komil Allamjonov
«Kun.uz» nashrida Andijon viloyati Marhamat tumanida o‘qituvchilar maktablarda o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qoniqarsiz ekani tufayli ota-onalardan uzr so‘ragani aytilgan xabar e’lon qilindi. Holat keng jamoatchilik vakillari orasida muhokamaga sabab bo‘ldi.

Xususan, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi vaziyatni quyidagicha baholagan:
«Andijonda o‘qituvchilar ota-onalar oldida bosh egib, uzr so‘rashga majburlangani uchun viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning shaxsan o‘zi barcha ustozlardan uzr so‘rashi kerak».

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov holatga munosabat bildirib, o‘qituvchilarning sha’nini yerga urishni davlat siyosaatiga qarshi harakat deb baholashini bildirgan.

«O‘qituvchi qadrlanmagan yurt hech qachon taraqqiy etmaydi. Bu harakat qanday maqsadda amalga oshirilgani menga qorong‘u, lekin aybdorlar albatta javob berishi kerak. Shu o‘rinda men o‘qituvchilardan o‘z qadr-qimmatlarini yerga urishga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolaman. Sizning bu darajada boshingizni yerga qaratishga hech kimning haqqi yo‘q!», — deydi vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Xalq ta’limi vazirining huquqiy-nazorat xizmati tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, holatni o‘rganmoqda. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan «tashabbuskorlarga» albatta tegishli chora ko‘riladi.

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi ham holatga o‘z munosabatini bildirgan. Uning aytishicha, «o‘qituvchini obro‘sizlantirishga hech kimning haqqi yo‘q».

Eslatib o‘tamiz, nashr bergan ma’lumotga ko‘ra, Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchilar o‘quv muassasida ta’lim sifati, o‘quvchilarning oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi pastligi uchun ota-onalar oldida tik turib uzr so‘ragan. Bunga tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri va hokim yordamchisi mas’ul bo‘lgan.

«Maktabimizda 4 fevral kuni tuman hokimligi vakillari bilan birgalikda ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarning ta’lim olishidagi bo‘shliqlar, oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari tanqid ostiga olinib, ustozlar ota-onalar oldida turg‘azib qo‘yildi», — degan guvohlardan biri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, direktor boshchilik o‘qituvchilar hokimlik vakillari topshirig‘iga binoan «biz aybdormiz», deb ota-onalardan kechirim so‘ragan.

«Bunday ‘uzr so‘rash’ marosimi o‘qituvchilar va ota-onalar tomonidan keskin tanqidga uchragach, boshqa maktablarda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda direktorlar o‘z xodimlarini sahnaga chiqarmagan. Shu bilan birga shu kabi yig‘ilishlar Marhamat tumanidagi 9, 27, 43-maktablarda ham o‘tkazilgan», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Shuhrat Abdurahmonovning shaxsan o‘zi barcha ustozlardan uzr so‘rashi kerak» — Komil Allamjonov