23:44 / 09.02.2022
2 277

Bosh shifokor o‘z xizmat xonasida qo‘lga olindi

Bosh shifokor o‘z xizmat xonasida qo‘lga olindi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh shifokori qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, u mazkur tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli avtomashinalar turar joyidan davlat sherikchiligi asosida pullik avtoturargoh tashkil etish uchun ushbu birlashmadagi tanishi orqali 20 sotix yer ajratilishida yordam berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 500 AQSH dollari va 10 mln. so‘m pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh shifokor o‘z xizmat xonasida qo‘lga olindi