09:40 / 10.02.2022
1 074

Toshkentda 81 yoshli kampirni bo‘ynidan bo‘g‘ib, uyidagi pullarni o‘g‘irlab ketgan erkak ushlandi

Toshkentda 81 yoshli kampirni bo‘ynidan bo‘g‘ib, uyidagi pullarni o‘g‘irlab ketgan erkak ushlandi
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 4 fevral kuni xonadonga bosqinchilik uyushtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 11:00 larda noma’lum shaxs o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilish maqsadida P.G. (81 yosh)ning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan xonadoniga kelgan. Jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida onaxondan ichimlik suvi olib chiqib berishini so‘rab, aldov yo‘li bilan uning xonadoniga bostirib kirgan. Xonadon egasi P.G.ning bo‘ynidan sintetik mato bilan bo‘g‘ib, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatgan. Xonadonda bo‘lgan 1 million so‘mlik pullarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda bosqinchilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar davomida jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan, muqaddam sudlangan 50 yoshli X.V. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 81 yoshli kampirni bo‘ynidan bo‘g‘ib, uyidagi pullarni o‘g‘irlab ketgan erkak ushlandi