
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Bulung‘ur tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, «Bulung‘ur» uchastka elektromontyori B.M., YATT «D.N.»ga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi holati yuzasidan tuzilgan dalolatnomaga asosan 22 mln so‘m zarar hisoblanishi va kompyuter bazasiga kiritilishini oldini olish va qayta hisob-kitob qilish orqali 3 mln zararni kompyuter bazasiga kiritib berish evaziga 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar