
Jarqo‘rg‘on tumanida fuqaroga 15 kun muddatda haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan o‘rgatuvchi usta ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limlari o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «S.I.S.» MCHJ avto maktabi o‘rgatuvchi ustasi Z.E. fuqaro A.ga boshqa avto maktabda ishlovchi tanishlari orqali «B, S.» toifadagi haydovchilik guvohnomasini o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etmasdan 15 kun muddat ichida olib berish evaziga 3,1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jarqo‘rg‘on TumaniHaydovchilik GuvohnomasiTezkor TadbirJinoyat KodeksiO‘rgatuvchi UstaPora Berish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing