2022 yilning 7 fevral kuni soat 21:40 larda Toshkent shahri, Tuzel 2-dahasi 12V-uyda yashovchi 21 yoshli X.M. o‘zi istiqomat qilayotgan uyining yaqinida joylashgan oziq-ovqat do‘konidan ro‘zg‘orga zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilib qaytayotgandi.
U yashash xonadoniga chiqish uchun, uyning liftiga kirib, 7-qavat raqamini bosgan vaqtida, uning ortidan noma’lum bo‘lgan shaxs kirib keladi va yonida bo‘lgan pichoq bilan qo‘rqitib, qo‘lida bo‘lgan bahosi 3.500.000 so‘m miqdoridagi 2 dona tilla uzuklarini kuch ishlatib yechib oladi.
Lift 7-qavatga kelib to‘xtaydi. Jabrlanuvchi baland ovozda fuqarolarni yordamga chaqirishni boshlaydi. Noma’lum shaxs liftdan chiqib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashirinadi.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 49 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlanib, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 2 dona tilla uzuk uning yonidan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olinib, u protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"