22:35 / 10.02.2022
1 158

Yana bir sudya vazifasidan ozod etildi

Yana bir sudya vazifasidan ozod etildi
Sudyalar oliy kengashining qarori bilan sudyalik qasamyodini buzganligi uchun Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudining sudyasi Oybek Toshpo‘latov lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun:
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi V. Sattorova;
- Andijon viloyat ma’muriy sudining raisi M. Salimov;
- Andijon viloyat sudining raisi T. Meliboyev;
- fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudining raisi S. Rahmatullayev;
- fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining sudyasi B. Kutliyev intizomiy javobgarlikka tortildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana bir sudya vazifasidan ozod etildi