Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi yakunida hokimlar va sektor rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda shahar va tumanlardagi dolzarb iqtisodiy-ijtimoiy masalalar ko‘rsatib o‘tildi. Ayrim hokimlar poraxo‘rlik, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ygan, odamlar dardiga be’tibor bo‘lgan. Zarur mablag‘lar ajratilgan bo‘lsa-da, ichimlik suvi, issiqlik va elektr ta’minotini yaxshilash ishlari sust tashkil etilgan.
Suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish uchun ajratilgan subsidiya mablag‘lari maqsadsiz ishlatilgan. Viloyat banklarida muammoli kreditlar hajmi ortgan, kreditlarni noto‘g‘ri ajratish, imtiyozli kreditlarga mo‘ljallangan mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari aniqlangan. Yo‘l-transport hodisalari, jinoyatlar soni oshgan.
O‘z faoliyatida mas’uliyatsizlikka, jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun bir qator tuman hokimlari, hududiy idoralar rahbarlari vazifasidan ozod qilindi. Kamchiliklarni bartaraf etib, tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallalar farovonligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
«Marralarimiz juda yuqori, xalqimiz bizdan amaliy natijalar kutayapti. Mana, bugun 10 ta rahbarni ishdan oldim. Bundan buyon ishlamagan rahbarlarga chora juda qattiq bo‘ladi. Bundan hamma xulosa qilishi kerak», — dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish yakunida.
Shu bilan Prezident Samarqand viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"