1 110
Komil Allamjonov yo‘llarda tartib o‘rnatish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligini aytdi
Foto: Milliy mass-media fondi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov yo‘llarda tartib bo‘lishi uchun 3 ta asosiy masalaga e’tibor qaratish kerakligini ma’lum qildi.
“Birinchidan, yo‘l infratuzilmasini butunlay takomillashtirish, jamoat transportlari qatnovini yaxshilash, yo‘llarda ayniqsa, piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasiga katta e’tibor qaratilishi kerak.
Ikkinchidan, yo‘llardagi nazorat tizimini to‘liq raqamlashtirish lozim. Yo‘l qoidasini buzganlik uchun, ayniqsa, mast holatda avtomobil boshqarayotganlar uchun javobgarlikni keskinlashtirishni qonunchilikka kiritish, nafaqat haydovchilar, balki ularni nazorat qiluvchi xodimlarning ham mas’uliyatini oshirish shart. Yo‘llardagi kelishuvlarda har ikki tomon birdek javobgar bo‘lsin.
Uchinchidan, o‘qitish, imtihon tizimlarini tubdan isloh qilib, inson omilini imtihondan butunlay olib tashlash va shu tizimda nazoratni keskin kuchaytirish kerak”, deb yozadi Komil Allamjonov.
Bildirilishicha, ushbu masala bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun nodavlat tashkilotini tuzish va unga faollar, soha mutaxassislarini jalb etish mo‘ljallanmoqda.
“Tez orada bu borada bir qarorga kelamiz”, deydi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"