10:51 / 13.02.2022
1 141

Shavkat Mirziyoyev: «eng og‘ir hudud — Qashqadaryo»

Shavkat Mirziyoyev: «eng og‘ir hudud — Qashqadaryo»
Foto: Prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha yig‘ilishda og‘ir hududlarga beriladigan yordam haqida gapirdi. Bu «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida ichimlik suvi bilan bog‘liq vaziyat qoniqarli emas.

«41 ta mahallada umuman suv yo‘q, desak bo‘ladi. Shunday mahallalarda insonlar mingga yaqin vodovozlar bilan 100 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha suvni sotib olib, o‘z uyining oldidagi quduqqa to‘kib, 20 kun, bir oy vaqt davomida shundan foydalanyapti. Bu suvdan insonlar moliga ham, kir yuvishga ham ishlatyapti, o‘zi ham shundan iste’mol qilyapti», — deydi Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov.

Prezident Qashqadaryo viloyati hokimiga alohida guruh yuborishini aytib o‘tdi.

«Eng og‘ir hudud — Qashqadaryo, u yerga nima yordam kerak bo‘lsa beramiz», — deya qo‘shimcha qildi prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «eng og‘ir hudud — Qashqadaryo»