Fuqarolar T.Raxmonov va M.Mansurovalar (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) Navbahor tumanidan yer olib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish niyatida yurganlarida, Navbahor tumanida yashovchi fuqaro L.Qodirovni (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) uchratishadi, L.Qodirov ularga 0,4 gektar (40 sotix) yer borligini, yerni 75 000 000 so‘mga sotishini ma’lum qilib, yer maydonini ko‘rsatadi.
T.Raxmonov va M.Mansurovalar borib ko‘rgan yer maydonida, egalik qilish uchun hujjat mavjud yoki mavjud emasligini surishtirishib, ushbu yer maydoni auksion orqali sotishga qo‘yilganini aniqlashadi va L.Qodirovni firibgarlik yo‘li bilan yerni sotmoqchi ekanligini bilishgach, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishadi.
2021 yil 10 oktabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi idorlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro L.Qodirov Navbahor tumanidagi 0,4 gektar yerni sotish uchun T.Raxmonovdan 1700 AQSH dollari va 57.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.
L.Qodirovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 25,168-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan ayblash haqidagi jinoyat ishi, 2022 yil 5 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Jabrlanuvchilar T.Raxmonov va M.Mansurovalarning sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligi e’tiborga olinib, sud hukmi bilan L.Qodirovga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi, endilikda u bir yil davomida oylik ish haqidan 15 foizini davlat hisobiga to‘lab borishga majbur.
Avazjon Ibodov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi